Toshkent shahriga kirib kelishda “Buyuk ipak yo`lidagi karvon”, deb nomlangan haykallar majmuasiochildi.
Toshkent shahriga kirib kelishda “Buyuk ipak yo`lidagi karvon”, deb nomlangan haykallar majmuasi ochildi. Majmuada ramziy quduqdan yo`lga tushgan, tuyalardagi savdogarlar karvoni tasvirlangan.
Ushbu majmuaning uzunligi 80 metrni tashkil qiladi. Majmua muallifi haykaltarosh Pavel Makarov bo`lib, Sodiq Namozov esa unga yordamlashgani xabar qilingan.
Bu majmuaning ochilishiga bag`ishlangan anjumanda Chilonzor tuman hokimi Davron Hidoyatov, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasining raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etishdi.
Mazkur majmua, Chilonzor tumanida turistlarga mo`ljallangan ko`chaning boshlanishi bo`ladi va yangi ochiladigan turistik yo`nalishlarga qo`shiladi.






