1

“BAQLAJON BUYRAKKA ZIYoNMI?”

Salomatlik 11.12.2017, 16:55
“BAQLAJON BUYRAKKA ZIYoNMI?”

— Chap buyragimda tuz va ozroq qum yig`ilgani aniqlanganidan so`ng davolandim. Hozir ham onda-sonda bezovta qilib turadi. Yaqinda bir tanishim “buyrak kasalliklarida baqlajon iste`mol qilish mumkin emas”, deb qoldi. Chindan ham shundaymi? Buyrak uchun qaysi mahsulotlar foydali hisoblanadi?

Sherali Akromov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Buyragingizda tuz yig`ilgani aniqlangan bo`lsa, uning tarkibini ham bilish zarur. Tuzlar fosfat, oksalat, urat kabi turlarga bo`linadi va har birining o`z taomnomasi bor. Baqlajonga kelsak, iste`mol qilishingiz mumkin, ammo me`yorida. Asosan achchiq, sho`r, tuzlangan va dudlangan mahsulotlarni cheklang. Kun davomida ko`proq suyuqlik iching. Suv buyrakni tozalaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1