AsosiyJamiyat

HASTI-IMOM MAYDONIDA MUHAMMAD PAYG`AMBAR (S.A.V.) ShARAFIGA YoDGORLIK QO`YILADI

'HASTI-IMOM MAYDONIDA MUHAMMAD PAYG`AMBAR (S.A.V.) ShARAFIGA YoDGORLIK QO`YILADI'ning rasmi

O`zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning ma`lum qilishicha, Toshkentda Hasti-Imom (Hazrati Imom) majmuasi atrofida O`zbekiston Islom madaniyati markazida joylashishi ko`zda tutilgan tarixiy yodgorlik ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi "Repost.uz" nashri.

Rassomning so`zlariga ko`ra, haykaltaroshlik mahsuloti marmar va granitdan tayyorlanadi. Mazkur yodgorlik maketi O`zbekiston Milliy bankining Tasviriy san`at galereyasiga taqdim qilingan.

“Yangi yodgorlik islom madaniyati markazining o`ziga xos xususiyati bo`ladi”. Kompozisiyada er shari ustida osilib turgan go`dak aks ettiriladi.

Mazkur shakl bizning dunyoimizga Xudo tomonidan abadiy dunyo haqida xabardor qilish uchun yuborilgan bir elchi obrazi. Rus tilida mazkur kompozisiya “Poslannik boga” deb nomlangan. Ingliz tiliga «Messenger of eternity» deb tarjima qilingan, biroq o`zbek tiliga hali bu nom tarjima qilinmagan, deydi suhbatdosh.

“Yaqinda Dubay shahrida mening ko`rgazmam bo`lib o`tdi. Arab shayxlari va boy musulmonlar mening san`at mahsulimni yaxshi qabul qilishdi. Ularning so`zlariga ko`ra, islomda tirik jonzotlarni aks ettirish uchun aniq ta`qiq yo`q”, deydi rassom Bahodir Jalolov.

    Boshqa yangiliklar