Qo`shimcha qurilmali ko`zoynakdan tibbiy texnika sohasida foydalaniladi. Ushbu qurilma linzali gardish, videokamera, bandlardan tarkib topgan. Bandlarning boshlang`ich uchastkasi ichi bo`sh tarzda, qolgan uchastkasi rezina qoplamali qilib bajarilgan. Wi-Fi uzatuvchi, akkumulyator batareyasi bilan ta`minlangan. Gardish mosti ustki plankasining ichki yuzasi namni yutadigan qoplamali qilib bajarilgan. Videokamera tepasida mostning o`rtasida yoritgich o`rnatilgan kuchaytirgich va Wi-Fi uzatuvchi o`ng va chap bandlarning tegishli ichki bo`shlig`ida o`rnatilgan. Saliev Akromjon, Nosirova Feruza, Noralieva Mohinur, Jaloliddinov Davronbek va O`rmonov Farruhlar tomonidan yaratilgan ushbu foydali model uchun FAP 01249 raqamli patent berilgan.






