AsosiyJamiyat

​SURXONDARYo VILOYaT HOKIMI JONLI EFIRDA AHOLI MUROJAATLARIGA JAVOB BERADI

'​SURXONDARYo VILOYaT HOKIMI JONLI EFIRDA AHOLI MUROJAATLARIGA JAVOB BERADI'ning rasmi

Joriy yilning 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov soat 19:00dan boshlab, «Surxondaryo» telekanalida jonli efirga uzatiladigan ko`rsatuv orqali 2017 yildagi faoliyati va kelgusidagi vazifalari bo`yicha hisoboti hamda xalq bilan muloqoti bo`lib o`tadi. Bu haqda Erkinjon Turdimov feysbukdagi sahifasi orqali xabar bergan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu sanada Erkinjon Oqbo`taevich Turdimovning Surxondaryo viloyati hokimi sifatida mehnat qilayotganiga bir yil to`ladi. Shuningdek, yakunlanib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar xalqqa keng tanishtirilib, kelgusi yilda bajarilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar bevosita muloqot orqali shakllantiriladi. Viloyat aholisi o`zini qiziqtirgan savol va murojaatlarini Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 223 43-91; 223 45-97 telefon raqamlari orqali bildirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar