O`zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi AVTORAQAM savdo platformasida onlayn auksionlar ishtirokchilari uchun “SMS xabar” yangi xizmat turini ishlab chiqdi va joriy etdi. Bu haqda O`zRTXB AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur xizmatdan foydalangan holda, avtohavaskorlar qiziqtirayotgan avtoraqamlarni savdoga qo`yilishi bo`yicha ma`lumotlarni tezkor tarzda olishlari, hamda ma`lum lotga obuna bo`lib, uning holatini muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin.
“SMS xabar” xizmati mijozga qiziqtirayotgan avtoraqam bo`yicha savdo vaqtini o`tkazib yubormaslik va sotib olingan avtoraqamni to`lovini amalga oshirishning aniq vaqti va uni ro`yxatdan o`tkazish joyini bilib olish imkonini taqdim etadi. SMS xabarlar xizmat ulanishda ko`rsatilgan telefonga kelib tushadi.
Birjaning yangi xizmatiga ulanish uchun avtoraqam.uzex.uz vebsaytining mijozlar uchun shaxsiy kabinetda "SMS" sahifasiga o`tish va ofertani qabul qilishning o`zi kifoya. Xizmat uchun oylik abonent to`lovi 10 000 so`mni tashkil etadi.