“Xalq so`zi” nashrining yozishicha, 2018 yilning mart oyida Rossiya Federasiyasida o`tkaziladigan Prezidentlik saylovida nomzodini ilgari surayotgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak efir vaqtida oddiy savolga javob qaytarolmay, mulzam bo`lib qoldi.
“Birinchi kanal”da efirga uzatiladigan “Vremya pokajet” (“Vaqt ko`rsatadi”) nomli teledasturga mehmon sifatida chaqirilgan K. Sobchak rossiyaliklar uchun to`lanadigan pensiya va yordam pullari kamligi haqida so`z yuritgan.
Shunda boshlovchi undan hozir metroning yo`lkirasi qanchaligini so`raydi.
Prezidentlikka nomzod javob berish o`rniga boshlovchidan boshqa savoli bo`lsa berishini iltimos qilgan. Va oldinroq shunga o`xshash, ya`ni nonning qancha turishi haqidagi savolga javob berganini aytadi.






