Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi, respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi viloyat bo`limi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tungi reyd o`tkazildi.
Reyd davomida Navoiy shahridagi tungi klublarda voyaga etmagan yoshlar spirtli ichimliklar iste`mol qilayotgani aniqlandi. Afsuski, ota-onalarning aksariyati ushbu holdan bexabar.
Voyaga etmagan yoshlar ichki ishlar idoralariga olib kelindi.
Vaqtini bunday manzillarda, yana sarxush o`tkazayotagn yoshlardan kelajakda nima kutish mumkin?
Yoshlar ittifoqi vakillari voyaga etmagan yoshlar va ularning ota-onalariga tegishli tushuntirish berdi. Farzand — millatning bolasi. Uning taqdiriga befarqlik kutilmagan salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bo`yicha ogohlantirish berildi.
Tadbirkorlarga nisbatan qonuniy chora ko`rildi.
13.12.2017 17:18