1

GADJET TAROQ

Hi-tech 13.12.2017, 18:22
GADJET TAROQ

Las-Vegasda o`tkazilgan CES-2017 ko`rgazmasida Nokia hamda L'Oreal kompaniyalarining uzoq muddatli sa`y-harakatlari natijasida yaratilgan “Aqlli taroq” deb nomlanuvchi g`ayrioddiy gadjet namoyish etildi.

Ishtirokchilarning bu nima uchun kerak, degan savoliga Nokia hamda L'Oreal kompaniyalari shunday javob berishdi:

“Mazkur gadjetni oddiy taroq deb o`ylamang, bu aqlli, miya to`qimalarini va bosh bilan bog`liq turli kasalliklarning oldini oluvchi aqlli taroq. Mazkur gadjet sizning mobil qurilmangizga ulangan holda bosh miya hamda sochlar mustahkamligi haqidagi ma`lumotlarni berib boradi. “Aqlli taroq” bosh og`rig`i vaqtida qo`llash uchun harakatlanuvchi mayin tishlari bilan boshingizni massaj qilish xususiyatiga ega. Taroqning har bir tishiga sensorlar o`rnatilgan bo`lib, soch holati va miya to`qimalaridagi o`zgarishlardan sizni boxabar qilib, agar o`zgarish sezilsa, sizga vujudga kelayotgan muammoni bartaraf etishda maslahatlar berib turadi”.

“Aqlli taroq” yaqin kunlarda sotuvga chiqishi ko`zda tutilgan. Uning narxi hali e`lon qilinmadi, lekin kompaniyalar uning narxi hamyonbop bo`lishini ta`kidlashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1