1

ShAVKAT MIRZIYoEV JEENBEKOVNI QIRG`IZISTONGA KUZATIB QO`YDI

Siyosat 14.12.2017, 14:30
ShAVKAT MIRZIYoEV JEENBEKOVNI QIRG`IZISTONGA KUZATIB QO`YDI

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lgan Prezident Sooranbay Jeenbekov bugun Qirg`izistonga jo`nab ketdi, deya xabar berdi O`zA.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 13 dekabr kuni bo`lib o`tdi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo`ydi.

Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralarda O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitasiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga etkazish, yangi o`tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta`minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1