AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy bog`ida Navro`z bayrami tantanalari bo`lib o`tdi

19 mart kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ida har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan Navro`z bayrami tantanalari bo`lib o`tdi.

Bayram tantanalarining ochilishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so`zladi va xalqimizni Navro`z ayyomi bilan muborakbod etdi.

Bayramona bezatilgan bog` hududiga senatorlar va deputatlar, hukumat a`zolari, fan, madaniyat, san`at, sport namoyandalari, tadbirkorlar, muhtaram otaxonu onaxonlar, turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlar, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari tashrif buyurdi.

Bu yil bog` hududi o`zgacha ruhda bezatilgan bo`lib, sahna atrofida doshqozonlarda sumalak va boshqa milliy taomlar ham tayyorlandi.

Tanatanali dasturda xalq kuylari, milliy qo`shiqlar va bahorni tarannum etuvchi o`yin-kulgiga mos taronalar yangradi.

Bayram tomoshalari paytida Milliy bog` atrofidagi ko`chalarda transport harakati vaqtincha to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar