1

​YaNA BIR OLIY TA`LIM MUASSASASIDA MAXSUS SIRTQI BO`LIM TAShKIL ETILADI

Siyosat 15.12.2017, 15:42
​YaNA BIR OLIY TA`LIM MUASSASASIDA MAXSUS SIRTQI BO`LIM TAShKIL ETILADI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida aktyorlik san`ati ta`lim yo`nalishida maxsus sirtqi bo`limni tashkil etish to`g`risida” 977-sonli qarori bunga huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.

Respublikadagi barcha teatrlarni etuk va malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, teatrlarning oliy ma`lumotli kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror talablariga ko`ra, 2018/2019 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida aktyorlik san`ati ta`lim yo`nalishida maxsus sirtqi bo`limni tashkil etiladi. Qarorda keltirilishicha, 2018/2019 o`quv yilidan boshlab mazkur institutning aktyorlik san`ati ta`lim yo`nalishidagi maxsus sirtqi bo`limga ushbu yoki turdosh ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga, teatr va boshqa madaniyat muassasalarida ta`lim yo`nalishiga muvofiq kamida uch yil amaliy ish stajiga hamda belgilangan tartibda tavsiyanomaga ega bo`lgan iqtidorli abiturientlarni qabul qilish kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maxsus sirtqi ta`lim shaklida o`qish to`lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1