AsosiyJamiyat

UZPAYNET to`lovlarni qabul qilishda olinadigan komissiyalarni bekor qildi

UZPAYNET kompaniyasi xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilishda to`lovchilardan olinadigan komissiyalar bekor qilinganiligi haqida xabar qiladi.

Komissiya bekor bo`lishi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi «Tadbirkorlik sub`ektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tishi tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 56-son qaroriga asosan amalga oshirildi.

Qarorga ko`ra 19 martdan quyida keltirilgan hizmat etkazib beruvchilar foydasiga amalga oshiriladigan to`lovlar vaqtida to`lovchilardan olinadigan kommissiyalar bekor qilinadi. Bular mobil aloqa operatorlari (Beeline, Perfectum Mobile, UCell, UzMobile), shahar telefon tarmoqlari (O`zbektelekom AK filiallari), internet provayderlar (Sharq Telekom, Uzonline, Skyline), xalqaro, shaharlararo telefoniya xizmatlari (PlatinumMobile, Platinumconnectonline), televidenie xizmatlari (UZDIGITAL TV, Stars TV), Ethernet optik tolali aloqa tarmog`i xizmatlari (ISTV).      

Shu munosabat bilan, ayrim xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilish, jumladan, shahar telefon tarmoqlari, internet provayderlari, televidenie xizmatlari vaqtinchalik to`xtatilib turiladi.

Hozirda MChJ UZPAYNET qo`shma korxonasi va yuqorida keltirilgan xizmatlar etkazib beruvchilar o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi  56-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda to`lovlarni qabul qilishning yangi shartlari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur o`zgarish agentlar foydasiga qanday ta`sir qilish borasida UZPAYNET kompaniyasiga murojaat qildik. 

Kompaniya xodimi bergan ma`lumotlarga ko`ra, to`lovlardan avvalgi olinadigan foizlar o`rniga endilikda kompaniya tomonidan agentlarga rag`bat pullari beriladi. Ya`ni to`lovchi to`lagan summasiga qarab kompaniya agentning depozitiga rag`bat pullari hisoblaydi.

Agentlik tizimiga kiritilayotgan o`zgartirishlar va yangiliklar, hamda ayrim xizmatlar bo`yicha to`lovlarni qabul qilishni yo`lga qo`yilishi haqida Kompaniya tomonidan tez orada to`liq ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar