1

​ShAVKAT MIRZIYoEVNING QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASIGA TAShRIFI DAVOM ETMOQDA

Siyosat 16.12.2017, 09:11
​ShAVKAT MIRZIYoEVNING QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASIGA TAShRIFI DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimiz rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi doirasida Taxiatosh tumaniga tashrif buyurib, yangi tashkil etilayotgan “Taxiatosh” kichik sanoat zonasi, uning iqtisodiy imkoniyatlari, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Prezidentga 2018-2020 yillarda hududiy sanoatni rivojlantirish dasturi, qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi, bo`sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat ob`ektlari negizida yangi, zamonaviy korxonalarni tashkil etish loyihalari taqdim qilindi.

Shavkat Mirziyoev Xo`jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida ham bo`ldi. Bu erda davlatimiz rahbariga zotdor otlarni parvarishlash, naslli qoramollar, tuyalarni boqish, ko`paytirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi. Shuningdek, logistika markazi xududida bunyod etilishi ko`zda tutilgan istiqbolli loyihalar, jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, zamonaviy issiqxonalar, tomorqa erlaridan samarali foydalanish, parradanchilik va baliqchilikni rivojlantirish borasidagi ishlarga to`xtalindi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesida mutasaddilar, tadbirkorlar, faollar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Yig`ilishda hudud iqtisodiyotini ravnaq toptirishni yangi bosqichga ko`tarish, infratuzilmani rivojlantirish, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini yaxshilash, aholini ish bilan ta`minlash va turmush darajasini yanada oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1