AsosiyJamiyat

QOZOG`ISTONDA TEZ TIBBIY YoRDAM MAShINALARI YoRQIN RANGGA BO`YaLADI

'QOZOG`ISTONDA TEZ TIBBIY YoRDAM MAShINALARI YoRQIN RANGGA BO`YaLADI'ning rasmi

Qozog`istonda tez tibbiy yordam mashinalari limon rangida bo`yaladi. Bu haqda sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining ma`lumotiga tayanib, Tengrinews.kz xabar tarqatdi.

“2018 yildan e`tiboran mamlakatdagi barcha tez tibbiy yordam mashinalari Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi buyrug`iga muvofiq yagona standart bo`yicha unifikasiya qilinadi. Tez tibbiy yordami xizmatining hamma transporti limon rangiga bo`yaladi”, degan vazirlikdagi manba.

Vazirlik ma`lumotlariga ko`ra, tez tibbiy yordam xizmati bo`yicha xalqaro tajriba o`rganilganda yorqin tusli shoshilinch xizmat transportlari harakat davomida ko`zga tez tashlanishi aniqlangan. Bu esa, tabiiyki, ularning tez va xavfsiz harakatlanishida qulaylik yaratadi.

    Boshqa yangiliklar