Ukraina hukumati MDHdan chiqish tadbirlarini boshlagani haqida ma`lum qildi.
Vesti.ru nashrining xabar berishicha, ushbu qaror Milliy xavfsizlik kengashi va Ukraina mudofaasi yig`ilishida qabul qilindi. Bayonot mudofaa kotibi Andrey Parubiy tomonidan e`lon qilindi.
Avvalroq Kiev mustaqil davlatlar Hamdo`stligidagi faoliyatini to`xtatib, bu haqda nota yuborishi ko`zda tutilgan edi. Ushbu qarorga Ukraina hukumatining MDH vakillari tomonidan hamdo`stlik tuzilmasidagi kelishuvlarni amalga oshirmaganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda. Shuningdek, Ukraina Rossiya bilan viza tartibiga o`tishi mumkinligi haqida ma`lum qildi.





