AsosiyDunyo

EGASIZ ITLARNI BOQUVChI AVTOMAT

'EGASIZ ITLARNI BOQUVChI AVTOMAT'ning rasmi

Turkiyada ko`chadan o`tayotgan har bir yo`lovchi ishlatilgan, bo`sh plastik idishni avtomatga tashlasa, uning tagidagi maxsus idishga ovqat to`ladi. Bunday usul atrof-muhitni ekologik jihatdan toza tutish bilan birga, egasiz hayvonlarning qornini to`ydirishga yordam beradi.

"Pugedon" kompaniyasi atrof-muhitga va ko`chada yurgan daydi itlarga g`amxo`rlik qilish maqsadida mazkur avtomatni o`ylab topdi. Bunday avtomatlar shahar ko`chalariga o`rnatilgan bo`lib, unga tashlangan bo`sh plastik idishlar qayta ishlanib, undan tushgan mablag`ga hayvonlarga oziq-mahsulotlari olinadi. Istanbul ko`chalarida minglab daydi itlar va mushuk­lar bor. Mazkur avtomat esa egasiz hayvonlarning qornini to`ydirish imkonini beradi. Avtomatda suv solinadigan idish ham mavjud. Agar qo`lingizdagi suvni ichishni istamasangiz, uni shu idishga to`kishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar