Dunyoda haqiqiy qo`li ochiq rahbarlar ham bor. Masalan, Hindistondagi “H.K. Exports” nomli olmos eksporti bilan shug`ullanuvchi kompaniya egasi bo`lganSavji Dxolakiya nafaqat o`zining milliardlari bilan, balki boshqa rahbarlardan saxiyligi, tantiligi bilan tubdan farq qiladi.
U qo`li ostidagi xodimlaridan hech qachon pulini ayamaydi, uning kompaniyasida ishlash esa har bir hindistonlikning orzusiga aylangan.Yaqinda olmos imperiyasi rahbari o`zining eng yaxshi xodimlariga qimmatbaho sovg`alar — zargarlik buyumlari, avtomobil va uy hadya etdi. To`g`ri, aksariyat kompaniya rahbarlari ham ayrim xodimlariga bunday sovg`a ulashishi mumkin, ammo Savji Dxolakiya kabi ularni yoppasiga mukofotlay olmaydi.
Savji Dxolakiya ularni atigi bir martagina mukofotlagani yo`q, u so`nggi bir necha yillar mobaynida xodimlariga 400 ta uy, 1260 ta mashina hadya qildi. Bu hali hammasi emas, kompaniya kelgusi besh yillikda lavozimidan qat`i nazar, barcha xodimlarini uy va avtomobil bilan ta`minlashni rejalashtirdi.
Hindistonda keng miqyosda nishonlanadigan Divali bayramida Savji Dxolakiyaning xodimlariga sovg`a ulashishi katta tadbirga aylanib ketdi. Bu ajoyib kunni uning xodimlari bir umr unutmaydigan bo`ldi.
“Bu mening eng sevimli fotosuratlarimdan biridir. “H.K. Exports” kompaniyasi har kuni xodimlarining yuzida shunday tabassumni ko`rish uchun faoliyat olib boradi”, deydi milliarder.