AsosiySalomatlik

“BADANIMNI TUK QOPLAYaPTI, BU NIMADAN?»

'“BADANIMNI TUK QOPLAYaPTI, BU NIMADAN?»'ning rasmi

— Ikki hafta oldin sochim tutam-tutam bo`lib to`kilayotganini sezib qoldim. Endi esa badanimdagi tuklar qalinlashib borayotgandek tuyulayapti. Oy kunlarida ham o`zgarishlar bor. Bularning sababi nima? Hech qanday dori-darmon ichmaganman, farzandimni emizishdan chiqarganimga ham ancha bo`ldi.

Hilola Akbarova, Toshkent viloyati

Dilfuza ORTIQOVA oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Badanda tuk ko`payishining bir qancha sabablari bo`lishi mumkin. Bular jigar shikastlanishi, semizlik, buyrak usti bezi patologiyasi va ginekologik kasalliklardir. Tuklanish jarayonining mavjudligi shifokor ko`rigi uchun etarli asos hisoblanadi. Sizga maslahatim, vaqtni o`tkazmay mutaxassisga yuzlaning. Tegishli tahlillar o`tkazilgach, o`zgarishlarga atroflicha aniqlik kiritish mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar