1

“QIZIL DOG`LAR...”

Salomatlik 16.12.2017, 17:25
“QIZIL DOG`LAR...”

— Dam-badam oyog`imda qizil dog` paydo bo`lib qoladi. Hajmi u qadar katta emas, yong`oqdek chamasi. O`z-o`zidan kunning istalgan paytida yuzaga kelib, bir necha daqiqadan so`ng o`tib ketadi. Hech qanday bezovtalikni sezmadim. Eshitishimcha, bunday dog`lar jigar faoliyatidagi o`zgarishlarga ishora qilishi mumkin ekan. Shu rostmi?

Samandar Jalilov, Toshkent shahri

Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:

— O`z-o`zidan paydo bo`lib, so`ng izsiz g`oyib bo`ladigan qizg`ish tusli dog`lar ko`pincha allergik dermatozlarda uchrashi mumkin. Sizdagi holatga aniqlik kiritish uchun shifokor ko`rigi va tibbiy tahlillar talab etiladi. Jigar faoliyatidagi o`zgarishlarni inkor etish uchun ushbu a`zoning UTT tekshiruvi bajarilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1