1

“BO`YNIMDA TOShMA BOR...”

Salomatlik 16.12.2017, 17:39
“BO`YNIMDA TOShMA BOR...”

— Dugonalarimdan birining ensasiga papilloma chiqqan ekan. Bir necha kun avval bo`ynimda mayda toshmalar paydo bo`lganiga ko`zim tushgandi, teri rangida ekanligiga hayron bo`lib, surishtirsam, papilloma deyishdi. Nahot kasallik virusi menga ham yuqqan bo`lsa?! Axir dugonamning biror narsa-buyumidan foydalanmaganman-ku? Endi qanday davolanishim zarur?

L.Soatova, Samarqand viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:

— Papillomalarni odam papilloma virusi keltirib chiqaradi. Ushbu virus juda keng tarqalgan bo`lib, yuqqandan boshlab to klinik belgilari paydo bo`lgunigacha ikki haftadan 1-2 yilgacha vaqt o`tishi mumkin. Aynan sizning holatingizda papillomani lazer yordamida olib tashlab, kompleks davolash choralari yaxshi natija beradi. Virusga qarshi vaksina esa butun dunyoda keng qo`llanilib, bizda ham amalga oshirilayapti. Papillomaga qarshi emlash choralari balog`at yoshiga etmay bajarilishi ayni muddaodir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1