1

“DORI TABLETKASINI BO`LIB IChISh MUMKINMASMI?”

Salomatlik 16.12.2017, 17:43
“DORI TABLETKASINI BO`LIB IChISh MUMKINMASMI?”

— Og`riqsizlantiruvchi preparalarni ikki-uch qismga bo`lib qabul qilaman, chunki butunligicha icholmayman-da. Yaqinda bir tanishim aytib qoldi, bu tariqa dori vositasining ta`siri yo`qolar ekan. Chindan shundaymi?

Komila Shoislomova, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Og`riqsizlantiruvchi dori vositalari turli ko`rinish (kapsula, draje, tabletka)larda ishlab chiqarilib, har biri o`ziga xos ta`sir kuchiga ega. Kapsulani ikkiga ajratib bo`lmaydi, ichidagi kukunini alohida qabul qilish ham mumkin emas. Ustki qoplami oshqozonni ta`sirlantirmaslik uchun atay ishlab chiqarilgan. Tabletka yuzasida bir chiziq bo`lsa, uni ikkiga bo`lish mumkin, aksi bo`lsa, shundayligicha qabul qilgan ma`qul. Og`riqsizlantiruvchi preparatlarni och qoringa ichish nojo`ya oqibatlarni keltirib chiqarishini unutmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1