AsosiySalomatlik

UYQUGA YoTIShDAN OLDIN TAMADDI QILMANG!

'UYQUGA YoTIShDAN OLDIN TAMADDI QILMANG!'ning rasmi

Dietologlar fikricha, uxlashdan oldin tamaddi qilish mumkin, ammo hammaga ham emas. Ayrim kishilar guruhi borki, ular uyquga yotishdan 3-4 soat oldin tanovul qilishlari shart, deyiladi.

Ammo mumkin emas:

Gastroezofagal reflyuks kasalligi bilan og`rigan bemorlar;

Semirishga moyilligi borlar (metobolizm jarayonining buzilganligi sabab, organizm iste`mol qilingan mahsulotni hazm qilishga qiynaladi);

Allergiya, qon bosimining ko`tarilishi holatlari kuzatilganida ham uyqudan oldin tanovul qilish man etiladi. Bunday holatlarda oxirgi tamaddi uyquga yotishdan 3-4 soat oldin bajarilishi lozim.

Kremli shirinliklar, desert, konfet, fast-fud, kartoshka chipslari hamda tarkibida kofein moddasi bo`lgan eguliklar bilan tamaddi qilish mumkin emas. Dudlangan, tuzlangan va ziravor qo`shilgan mahsulotlar organizmda suv to`planishini keltirib chiqaradi, anglaganingizdek, ular kechki tanovul uchun yaramaydi.

    Boshqa yangiliklar