1

“O`Z-O`ZIDAN ISITMAM KO`TARILYaPTI?”

Salomatlik 18.12.2017, 12:07
“O`Z-O`ZIDAN ISITMAM KO`TARILYaPTI?”

— Ikki hafta oldin isitmam ko`tarilib, tomir urishi birdan tezlashib ketdi. Birozdan so`ng ahvolim o`nglangan bo`lsa-da, uch kun o`tib, yana shu holat takrorlandi. Nega bunday bo`lyapti, hayronman. Tana haroratining sababsiz ko`tarilishiga sabab nima? Bu vaziyatda men qanday yo`l tutay? Dori ichishim kerakmi?

Islom Dehqonboev, Chinoz tumani

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— To`satdan tana haroratining ko`tarilishi, ter ajralishining ortishi hamda tomir urishining tezlashishi, jismoniy va psixologik zo`riqishlar, shuningdek, bir qancha xastaliklar alomati bo`lishi mumkin. Bezovtalikning takroran sodir bo`layotgani tibbiy tekshiruvlarni kechiktirmaslik uchun jiddiy asosdir. Birdan tananing qizib ketishi, vegetotomir distoniyasi bo`lsa, bunda arterial qon bosimi yo ko`tariladi yoki keskin pastlaydi. Holsizlik, bosh aylanishi, tomir urishining tezlashishi ham qo`shiladi. Vegetotomir distoniyaning asosiy sababi asab tizimining zo`riqishidir. Anglaganingizdek, taranglashgan nerv tomirlari bo`shashtirilsa, me`yoriy holat tiklanadi.

Sababsiz tana haroratining ko`tarilishi markaziy nerv tizimi disfunksiyasining buzilishi hisobidan yuz berishi ham mumkin. Shuningdek, qalqonsimon bez xastaliklari, arterial qon bosimining ko`tarilishi, ayollardagi menopauza davrida ham isitma chiqayotgandek, tana qizishi ro`y beradi. Sizga maslahatim, shifokor ko`rigiga shoshiling. Tor doiradagi shifokorlar ko`rigidan o`tgach, muammo nimada ekanligi aniqlanib, muolaja tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1