1

“DAVOLANDIM, FOYDASI YO`Q!”

Salomatlik 18.12.2017, 12:28
“DAVOLANDIM, FOYDASI YO`Q!”

— Anchadan beri oyog`imning boldir va son qismlarida og`riq bezovta qilayotgandi. Ikki marta turli shifokorlarda davolandim, parafin, fiziomuolaja oldim, og`riqsizlantiruvchi surtmalardan ham foydalanib ko`rdim. Ammo ta`siri bo`lmayapti. Yurganimda son qismida boshlangan og`riq, boldirga o`tadi, keyin oyoqlarim uvishib qoladi. Mendagi vaziyatning aniq izohi bormi?

Anvar Abitov, Toshkent viloyati, O`rta Chirchiq tumani

Sunnatilla YuLChIEV. sport shifokori:

— Savolingiz mazmunidan siz aytayotgan og`riqlar bel sohasidagi nervlarning qisilishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bel sohasidagi nervlar qisilib qolganida son va boldirda og`riq qo`zg`aladi. Vaziyatga oydinlik kiritmay biror muolajani qo`llash samarasiz. Ayni dam davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda bel churrasi va perfuziyasi bor-yo`qligini aniqlashtirish uchun magnit rezonans tomografiya tekshiruvidan o`ting.Tibbiy xulosa hech qanday patologiyani fosh qilmasa, qon aylanish tizimini baholash uchun qon tomirlar uchun dopler tekshiruvi amalga oshiriladi. Og`riqlar bel churrasi yoki perfuziyasi bilan aloqador bo`lsa, tashxisni aniqlashtirmay fiziomuolajalarni boshlash befoyda. Shu bois avval tashxisga oydinlik kiritib olib, so`ng davo choralarini boshlash lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1