AsosiySport

«Real» - «Barselona» — 3:4 (VIDEO)

Madridning "Real" klubi va Kataloniyaning "Barselona" jamoasi o`rtasida kechgan uchrashuv muxlislarga rosmana "klasiko" bahsini taqdim etdi. Umumiy hisobda ettita gol urilgan o`yin darhaqiqat qiziqarli o`tdi.

Uchrashuvdagi hisobni esa dastlab 7 daqiqada Inesta ochdi. So`ngra katta sahnaga Karim Benzema chiqdi. Fransiyalik hujumchi 20 va 24-daqiqalarda dublga erishib, ustunlikni "Real" tomoniga og`dirgandek edi. 

Shundan so`ng kurash ikki klub gigantlari - Messi va Ronaldu tomon ko`chdi. Bu bahsda argentinalik yulduz o`z raqibini yaqqol farq bilan ortda qoldirdi. Agarda Ronaldu faqat 55-daqiqadagina penaltidan gol kiritgan bo`lsa, Lionel Messi 42 daqiqada o`yindan, 65 va 84-daqiqalarda esa penaltidan gol kiritib, bu o`yinda g`alaba "Barselona" tomonida bo`lishini ta`minlab berdi. Umumiy hisob esa, 3:4.


Ispaniya chempionati, 29-tur

Real Madrid – Barselona 3:4 (2:2, 1:2)

Gollar:  0:1 – 7 Inesta, 1:1 – 20 Benzema, 2:1 – 24 Benzema, 2:2 – 42 Messi, 3:2 – 55, penalti Ronaldu, 3:3 – 65, penalti Messi, 3:4 – 84, penalti Messi. 

    Boshqa yangiliklar