Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi kasb-hunar kollejlaridagi o`quvchi-yoshlar to`rar joylarida yaratilgan sharoitlarni o`rganishni alohida reja asosida boshlagan.
Shu maqsadda, Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji yotoqxonasidagi sharoitlar o`rganildi.
Ahvol umuman talabga javob bermaydi. Oshxona, yuvinish xonalari va isitish tizimi achinarli holda.
Masalaga aniqlik kiritish maqsadida kollej direktoriga yuzlandik. “Bilamiz, xabarimiz bor, oz qoldi, o`ylab turgandim”, degan vajlardan nari ketmadi. Natijada, o`quvchilar bilan yakka tartibda suhbatga kirishdik:
— Har doim shu ahvolmi?
— O`rganib qolganmiz, asosiy maqsadimiz — o`qish. Uydan qalin kiyimlar olib kelganmiz.
— Sharoit og`ir ahvolda ekan, Yoshlar ittifoqining kollejdagi etakchisiga murojaat qilmadingizlarmi?
— Rostini aytsam, etakchini tanimaymiz ham. Mas`uliyatli va yoshlar taqdirini o`ylaydigan etakchi bo`lsa, yotoqxonamizga kelib xabar olardi-da...
- ...
Boshqa savol berishga hojat qolmadi. Chunki, “mot” bo`lgandik. Dars vaqtida o`quvchilar bilan suhbatlashmagan, ularni muammolari bilan qiziqmagan etakchi kechqurun yotoqxonaga kelarmidi... Yaxshisi, holatni o`zingiz ko`rib, guvohi bo`ling.
Kollej direktori va Yoshlar etakchisini "ko`zi ochilib", yaqin kunlarda bu muammolar bartaraf etilar...
19.12.2017 10:58
QAERDASAN, YoShLAR ETAKChISI SADO BER...






