«Za liniya» e`tibordan ham chetdami? Samarqand shahrining xalq tilida “Za liniya” deb ataluvchi Ipak yo`li, Maysazor, Matonat, Mehnat, Temiryo`lchilar mahallalari joylashgan hudud mutasaddilar e`tiboridan ancha chetda qolgan. Agar shunday bo`lmaganida hududning asosiy qatnov ko`chalari bo`lgan Shiroq va Go`ro`g`li ko`chalari bugungi holatda kelib qolmas edi.
Aslida, ikki qatnovli ushbu ko`chalar jamoat transporti va engil avtomashinalar harakatlanishiga ancha noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Ularning bugungi ta`mirtalab holati, aksariyat joylarda piyodalar yo`lagi yo`qligi haydovchilarda ham, piyodalarda ham birday tashvish uyg`otmoqda.
Shuningdek, hududda chiqindi ko`pligi, obodonlashtirish ishlari deyarli amalga oshirilmagani mazkur hududga mas`ullar, mutasaddilar anchadan buyon kelmaganligidan dalolat bo`lsa kerak.






