1

JENShEN ISTE`MOL QILISh MUMKIN BO`LMAGAN HOLATLAR

Salomatlik 19.12.2017, 16:53
JENShEN ISTE`MOL QILISh MUMKIN BO`LMAGAN HOLATLAR

Davolanish maqsadida jenshenni iste`mol qilishdan oldin bilingki, biror a`zodan qon oqishi, homiladorlik, surunkali va yuqumli kasalliklarda, turli shamollashlarda qabul qilish mumkin emas.

Jenshen iste`mol qilishning yomon oqibatlari yo`q, lekin u kuchli ta`sir qiluvchi vosita bo`lgani sababli, qattiq bosh og`rig`i keltirib chiqarishi, qon bosimi bor kishilarda (juda sezilarli) salomatlikning yomonlashuviga sabab bo`lishi mumkin.

45 yoshga etmagan kishilarga uni iste`mol qilish mumkin emas. Ba`zi kishilarda uni muolaja sifatida iste`mol qilsa, ko`ngil aynishi, qayt qilish, qon bosimi ko`tarilishi yuz berishi mumkin. Shu belgilardan birontasi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Kunning ikkinchi yarmida jenshen iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.

12 yoshga to`lmagan bolalarni jenshen bilan davolash mumkin emas.

Jenshen bilan davolanayotib, alkogol ichimliklar ichish qat`iyan man etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1