1

JAROHATDAN SO`NG TIRSAKDA QON YIG`ILSA...

Salomatlik 19.12.2017, 17:47
JAROHATDAN SO`NG TIRSAKDA QON YIG`ILSA...

— O`g`lim o`ng qo`l tirsagi bilan yiqilib tushgandi. Oz-moz teri ko`karishi yuz berganiga, u qadar vahimali emas, deya e`tibor qilmabmiz. Hadeb, “Qo`lim og`riyapti”, deyaverganidan so`ng shifokorga olib borsak, “Tirsagida qon qotib qolgan, jarohat asorati bu”, deyishdi. Shunaqasi ham bo`lishi mumkinmi? Qotib qolgan qonning tarqaganini qaerdan bilamiz keyin?

Diyora Mamarasulova, Samarqand viloyati

Sunatilla YO`LChIEV, sport shifokori:

— Jarohatdan keyingi holatga baho berishda albatta rentgen tekshiruvi o`tkazilishi lozim. Qo`l tirsak qismining shikastlanishi natijasida gemartroz, ya`ni qon qotib qolishi yuzaga kelgan bo`lsa, shifokor nazoratida kerakli davo choralari o`tkaziladi. Uy sharoitida bolaga osoyishta muhit kerak, ko`proq dam olishi, keskin harakatlardan bir muddat saqlanishi talab etiladi. Og`riqni engillashtirish uchun qo`lni ortiqcha urintirmasligiga e`tibor bering.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1