1

“ONAMGA GEPATOZ TAShXISI QO`YILDI...”

Salomatlik 19.12.2017, 17:56
“ONAMGA GEPATOZ TAShXISI QO`YILDI...”

— Tibbiy ko`rik xulosalari onamda gepatoz mavjudligini ko`rsatdi. Bilishimcha, bu jigar xastaliklaridan biri ekan. Gepatozning kelib chiqishi va muolajasi qanday bo`ladi? Keyinchalik jigarga asorat bermaydimi?

Halima Yunusova, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Gepatozning yana bir nomi jigarni yog` qoplashi. Jigar hujayralarida yog` miqdorining ortishi hisobiga xastalik yuzaga keladi hamda turlicha asorat berishi mumkin. Noto`g`ri ovqatlanish, parhezlar, ayrim dori vositalarini pala-partish qabul qilish jigarga zo`riqish berib, yog` hujayralari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Gepatoz tashxisi tasdiqlangan bo`lsa, mutaxassis tomonidan buyurilgan dori vositalarini qabul qilish hamda to`g`ri ovqatlanish qoidalariga rioya etish lozim. Ko`rsatmalarga amal qilinsa, kasallik avj olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1