Umumiy maydoni 70 gektar maydonni egallagan ushbu inshootni qayta qurish bo`yicha loyihalashtirish ishlari yakuniga etkazilib, qurilish ishlari boshlanish arafasida.
Prezidentimizning 2017 yil 15 iyundagi "O`zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori muvofiq, mazkur sport ob`ekti bugungi zamon talablari darajasida bunyod etilib, 2019 yilda foydalanishga topshiriladi.
Chet ellik mutaxassislar ishtirokida loyihalashtirilgan ippodromda ot sporti uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, sport otlarining ko`rgazmalari, auksionlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Bu haqda poytaxtimizdagi Markaziy ippodromda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lumot berilmoqda.






