AsosiyJamiyat

2018 YILDA O`ZBEKISTONDA TAKSIChILAR PATENT ASOSIDA FAOLIYaT KO`RSATIShI MUMKIN

'2018 YILDA O`ZBEKISTONDA TAKSIChILAR PATENT ASOSIDA FAOLIYaT KO`RSATIShI MUMKIN'ning rasmi

Kelgusi yilda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tib yo`lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida ma`ruza qilgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – Moliya vaziri J.Qo`chqorov ma`lum qilgan. Ushbu tartib tegishli lisenziya olgan o`rindiq joylari 4 yo`lovchidan ortiq bo`lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko`zda tutilmoqda. Uning ta`kidlashicha, mazkur taklif O`zbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar yig`uvchanligini oshirish, daromadlarini legalizasiya qilish, qo`shimcha rezervlarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Shuningdek, tajriba tariqasida Toshkent shahrida chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun mehnatga haq to`lash fondining o`rnatilgan bazaviy miqdoridan oshgan summasiga 10 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to`lovning pasaytirilgan stavkasini joriy etish taklif etilmoqda. Bunda bazaviy ish haqi fondi sifatida o`tgan yildagi o`rtacha oylik ish haqi olinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar