AsosiyJamiyat

250 NAFAR PORAXO`RGA TEGIShLI ChORALAR KO`RILDI

'250 NAFAR PORAXO`RGA TEGIShLI ChORALAR KO`RILDI 'ning rasmi

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida «Davlat organlari tadbirkorlar tayanchi: korrupsiyaga yo`l yo`q!» mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash, xususan, davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subektlari o`rtasida korrupsiya harakatlarini oldini olish va ularga chek qo`yishga oid chora-tadbirlar ijrosi hamda kelgusidagi vazifalarga asosiy e`tibor qaratildi.
Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig`i J.Temurov, viloyat Jinoyat ishlari bo`yicha sudining raisi B.Umarov, viloyat prokuraturasi bo`lim boshlig`i A.Ro`zmetov so`zga chiqib, ayni kunda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar jarayonida soliq xizmati organlarining o`rni, tadbirkorlik subektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so`z yuritdilar.
Muloqot davomida mamlakatimizda tadbirkorlarga har tomonlama qulay sharoit yaratib berilayotgani, ammo ba`zi hollarda tadbirkorlar o`z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta`magirlik, poraxo`rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, buning uchun esa, davlat organlari hamda tadbirkorlar o`rtasida o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarur ekanligiga alohida e`tibor qaratildi.
Qayd etilganidek, soliq xizmati xodimlari o`rtasida korrupsiya holatlarga chek qo`yish maqsadida boshqarma tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida 72 ta holat bo`yicha xizmat tekshiruvi va 41 ta holat bo`yicha o`rganishlar o`tkazilib, shundan 250 nafar xodimlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo`llanildi. O`tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko`ra, 57 ta holat bo`yicha xizmat tekshiruvi xulosalari va to`plangan hujjatlar nazorat tariqasida ko`rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
– Bugungi ochiq muloqotda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida tadbirkorlar faoliyatida mavjud muammolar echimiga asosiy e`tibor qaratildi, - deydi Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi bo`lim boshlig`i R.Eshchanov. - Bu kabi tadbirlar xalq bilan yaqindan muloqot qilishda hamda davlat tashkilotlarining ochiqligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ham bu borada tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muloqot davomida soliq xizmati organlari xodimlari, ularning oila a`zolari hamda tadbirkorlar korrupsiya va ta`magirlikka qarshi kurashish borasida o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
- Bugungi ochiq muloqotda o`z faoliyatimizni qonuniy amalga oshirish bo`yicha kerakli ma`lumotlarga ega bo`ldik, - deydi urganchlik tadbirkor Nilufar Isamova. - Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarning o`tkazilishi, davlat tashkilotlari bilan tadbirkorlar o`rtasida korrupsiya harakatlarini oldini olishda hamda soliq xizmati organlari bilan hamkorlikda ishlashda yaqindan yordam beradi. Endilikda o`z faoliyatimizda yanada haqqoniy va qonun hujjatlari asosida yuritishga hamda davlatimizda tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qulayliklardan oqilona foydalanishga harakat qilamiz.


    Boshqa yangiliklar