1

​14 YoShGA TO`LGAN VA 30 YoShDAN OShMAGAN TAShABBUSKOR YoShLAR UChUN “KELAJAK BUNYoDKORI” MEDALI TA`SIS ETILIShI MA`QULLANDI

Siyosat 21.12.2017, 11:46
​14 YoShGA TO`LGAN VA 30 YoShDAN OShMAGAN TAShABBUSKOR YoShLAR UChUN “KELAJAK BUNYoDKORI” MEDALI TA`SIS ETILIShI MA`QULLANDI

“Kelajak bunyodkori” medalini ta`sis etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan edi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida senatorlar mazkur qonunni ko`rib chiqishdi va ma`qullashdi.

Qonunning maqsadi yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar ongida mustaqillik g`oyalariga sodiqlik tuyg`usini, milliy o`zlikni anglashni, Vatanga bo`lgan mehr-muhabbatni va yurt taqdiriga daxldorlikni qaror toptirish, yoshlarning tashabbuslarini rag`batlantirishdir.

Qonun bilan “Kelajak bunyodkori” medalining tavsifi va “Kelajak bunyodkori” medali to`g`risidagi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom “Kelajak bunyodkori” medali bilan xalq manfaatlari yo`lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, yuksak vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib kelayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori va shon-shuhratini yuksaltirishga munosib hissa ko`shayotgan, jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan, o`qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mukofotlanishi tartibini belgilab beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1