TERMIZLIK JINOYaTChI SANKT-PETERBURGDA UShLANDI

Jinoyat 21.12.2017, 14:18
TERMIZLIK JINOYaTChI SANKT-PETERBURGDA UShLANDI

2017 yil sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 3-qismi “a,b,g” bandida ko`rsatilgan jinoyatga qo`l urib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan termizlik X.Shokirov 17 dekabr kuni Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridan mamlakatimizga olib kelingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhi rahbari Farhod Toshboev ma`lum qilgan.

Iyul oyida Denov tumanidagi Onadiyor ko`chasidagi 25-uyda, sentyabrda Ogahiy ko`chasi, 20-uyda sodir bo`lgan o`g`riliklarning izi topilmagan. Ko`rilgan choralar natijasida bu jinoyatlarni Angor tumanida yashovchi J.P. sodir etgani aniqlanib, undan ashyoviy dalillar olingan.

2016 yil iyun oyida Oltinsoy tumanidagi Xo`jasoat dehqon va buyum bozorida Katta-Vaxshivor mahallasida istiqomat qiluvchi S.Jo`raeva sumkasidan 400 dollar, 65 ming so`m puli hamda otasi O.Jo`raev va onasi S.Qahharovalarga tegishli fuqarolik pasportini o`g`rilatib qo`yganini ma`lum qilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasida yashovchi 25 yoshdagi S.X. ashyoviy dalil bilan yaqinda qo`lga olingan.

Farhod Toshboevning ta`kidlashicha, Surxondaryoda qasddan badanga o`rtacha og`ir tan jarohati etkazish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 26 taga, qasddan badanga og`ir tan jarohati etkazish bittaga, qasddan badanga engil tan jarohati etkazish 75 taga, qasddan odam o`ldirish to`rttaga, o`g`irlik jinoyati 108 taga kamaygan.

Sharhlar