1

Avstraliya yo`qolgan Boeing qidiruv ishlarini davom ettirmoqda

Dunyo 26.03.2014, 13:14
Avstraliya yo`qolgan Boeing qidiruv ishlarini davom ettirmoqda

Avstraliya noqulay ob-havo sharoiti tufayli to`xtatilgan layner qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. 

Avstraliya dengiz harakati xavfsizligi boshqarmasidan xabar qilinishicha, qidiruv ishlarida Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlaridan 12 ta samolyot ishtirok etadi.   

“Biz qidiruv ishlarini davom ettiramiz hamda ushbu halokatni tagiga etish uchun qo`ldan kelgan barcha ishni qilamiz”, - deydi Avstraliya bosh vaziri Toni Abbott. 

Avvalroq, Kuala-Lumpurdagi matbuot anjumanida Malayziya bosh vaziri Najib Razoq yo`qolgan Boeing sun`iy yo`ldosh tomonidan so`ngi bor Pert shahridan g`arbda, Hind okeanida ko`rsatilganini ma`lum qilgan. Uning aytishicha, samolyot qo`nishi uchun er ancha uzoqda bo`lgan va shu sababli uning okeanga qulagani xaqiqatga yaqin deb hisoblanmoqda. Shu bilan Malayziya hukumati yo`qolgan laynerning qidiruv ishlarini to`xtatishi haqida ma`lum qilishdi. 

24 mart kuni Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyot bortidagi barcha halok bo`lgani haqida xabar bergan. 

“Barcha ma`lumotlar samolyotni Hind okeanining janubiy qismiga qulaganini ko`rsatmoqda”,-deyiladi bayonotda.  

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1