AsosiyDunyo

HOJATBAROR YIGIT

'HOJATBAROR YIGIT 'ning rasmi

“Men istiqomat qiladigan ko`p qavatli uyda asosan nafaqaga chiqqan qariyalar yashaydi. Ular yoshliklarida zavodda ishlaganliklari tufayli ishxona tomonidan kvartira berilgan. Qariyalarning barchasi deyarli tengdosh, ulardan birining nabirasi 35 yoshda bo`lishiga qaramay, tadbirkorligi tufayli ancha-muncha puldor odamga aylangan. U har oyda bir marta yordamchilari bilan kelib, kvartiralarni aylanadi. Eshik qo`ng`irog`ini bosib, “Biz keldik!” deb qichqiradi. Barcha keksa ayollar o`zlariga zarur bo`lgan oziq-ovqat ro`yxatini berishadi va erkak kishi bajarishi lozim bo`lgan yumushni ko`rsatishadi. Nabira ro`yxatga kiritilgan barcha narsalarni sotib oladi, ta`mirlash ishlarini bajaradi. Mazkur qariyalar yolg`iz yoki befarzand emas, yigit shunchaki, chin ko`ngildan ularga ko`maklashishni istaydi va beg`araz yordam beradi”.

    Boshqa yangiliklar