O`zbekistonga Halqaro velopoygachilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lapparten va Osiyo velosport konfederasiyasi (ASS) prezidenti Usama Axmad Abdullox al-Sharaf tashrif buyurishdi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston sport qo`mitasi vakillari bilan bo`lib o`tgan ushravushda velosportchilarni jahon arenalarida munosib ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish va O`zbekistonda nufuzli halqaro musobaqalarni o`tkazish bo`yicha shartnomalar imzolangan, deb habar qiladi UzbekistanToday.
2018 yilgi Osiyo kubogi va 2019 yilgi shosse dissiplinasi bo`yicha Osiyo chempionatini Toshkent velotrekida o`tkazish, olimpiya dasturiga kiritilgan “VMX” va “mauntinbayk” dissiplinalari bo`yicha sportchi va murabbiylar malakasini oshirish uchun Toshkent viloyatida sportmkompleks (velodrom) qurishga qo`maklashish, shuningdek, davlat rahbari qaroriga muvofiq barpo etiladigan “Chorvoq” erkin turistik zonasida Tour de Charwak Lake halqaro musobaqasini o`tkazish bo`yicha fikrlar almashilgan.






