Bugun poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda O`zbekiston tarixida ilk marotaba Prezidentning parlamentga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O`zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Murojaatnomasi taqdim etildi.
Murojaatnomada Shavkat Mirziyoev bugungi kunda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko`rsatayotgani, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerakligi, afsuski, bunday keng ko`lamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy o`quv yurti mamlakatimizda mavjud emasligi va shu maqsadda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligini qayd etdi.






