AsosiyJamiyat

DAM OLISh KUNI O`ZBEKISTONDA HAVO HARORATI KO`TARILADI

'DAM OLISh KUNI O`ZBEKISTONDA HAVO HARORATI KO`TARILADI'ning rasmi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 dekabr kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 3-5, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar