Davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.
Universitetda ta`lim jarayoni to`liq elektronlashtirilgan. Videokonferensiya zali, sinxron tarjima va ovoz yozish xonalari, axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlangan. Wi-Fi tarmog`iga ulangan muloqot maskanlari, Alisher Navoiy dostonlaridagidek ko`shklar tashkil etilgan.
Prezidentimiz universitetda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi. O`qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoev Navoiy asarlarining multimediaviy lug`atini yaratib, xalqimizga etkazish, ilmiy izlanishlarni rag`batlantirish zarurligini ta`kidladi.
Prezidentimiz ularning ijtimoiy sharoitlari bilan ham qiziqdi. Universitet o`qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish bo`yicha topshiriq berdi.






