1

BUGUN NONNA GRIShAEVA TOShKENT SAHNASIDA!

Madaniyat 24.12.2017, 09:46
BUGUN NONNA GRIShAEVA  TOShKENT SAHNASIDA!

2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida, rejissyor Pavel Safonov tomonidan sahnalashtirilgan “Besh oqshom” spektakli namoyish etilmoqda.

Bosh rolni Rossiyaning taniqli aktrisasi, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Nonna Grishaeva ijro etadi. Bosh erkak rolini esa, Aleksey Rijkov talqin etadi.

Bayram oldidan namoyish etilayotgan bu tadbirning bosh homiysi “O`zbekneftgaz” AJ va “Teatr do`stlari klubi” hisoblanadi. Ta`kidlash o`rinliki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil 3 avgut kuni yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan “Teatr do`stlari klubi” teatrlarning nafaqat ijodiy, balki texnik salohiyatini yuksaltirish, ijodiy jamoani qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, YaNgi spektakllarni sahnalashtirish, gastrollar uyushtirish singari bir qator vazifalarni o`z ichiga oladi.

Hayot va muhabbatni nozik his eta olgan dramaturg Aleksandr Volodin 1958 yilda “Besh oqshom” pesasini yozgan va unga quyidagicha izoh bergan: «Bu har birimiz uchun juda muhi bo`lgan sevgi, mehr, shafqat singari tushunchalarni izlash, yo`qotish va topish oqshomlaridir. Bu pesa insonning o`ziga ishonchi, hayot mohiyati, agar u o`z yo`lidan borsa, og`ishmasa, albatta o`z baxtini topa olishi haqidadir...”

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1