AsosiyDunyo

O`QUVChILAR ChO`KAYoTGAN ERKAKNI QUTQARIShDI

'O`QUVChILAR ChO`KAYoTGAN ERKAKNI QUTQARIShDI'ning rasmi

Astraxanlik sakkizinchi sinf o`quvchilari Misha Lazarev, Sasha Zotkin va Danila Kuznesovlar haqiqiy erkak bo`lib voyaga etayotganlik­larini o`tgan yilning qishida isbotlashdi. Ular kanal bo`ylab ketayotganda, yordam so`rab qichqirayotgan odamning ovozini eshitishdi. Muzlagan kanalda cho`kayotgan odamga ko`zlari tushgach, bir-birining qo`lidan tutib, uni qutqarishdi.

Tibbiyot xodimlari etib kelgunga qadar, cho`kkan odamning poyabzalini echib, qo`l-oyog`ini isitishga harakat qilishdi. Erkakning ustiga esa o`zlarining kiyimini echib, yopishgan. Ular o`zlarining bu harakati bilan erkakni sovuq urishdan asrab qolishdi. Bolalarga ular o`qiyotgan maktab ma`muriyati minnatdorchilik bildirdi. Yosh qahramonlardan biri “Bizning o`rnimizdagi har qanday odam shunday yo`l tutgan bo`lardi”, deb javob berdi.

    Boshqa yangiliklar