45 yoshli Skott Nison Gollivuddagi yirik kinostudiyalardan birining rahbari edi, deb yozadi Mix.tn.kz nashri.
Uning hashamatli uyi, sport avtmobili va mashhur do`stlari bor edi. Biroq u shon-shuhratning yuqori cho`qqisiga etganda, to`satdan kinobiznesni tark etib, bor mol-mulkini sotdi va Kambojaga ko`chib ketdi. U o`zining bu hatti-harakatini baxt pulda emasligini anglab etganligi bilan izohladi.

Skott Nison mazkur mamlakatga sayohatga kelgan edi. U qorin g`amida axlatxonalarda tentirab yurgan och-nahor bolalarni ko`rib, dahshatga tushdi. Shu kunning o`zidayoq Skott uysiz-joysiz ikki nafar bolaga ijaraga uy olib berib, ularning tibbiy davolanishi uchun yordam berdi.
“Kambojada etim bolaga yordam berish uchun bir oyga atigi 40 dollar sarflash lozim bo`ladi, – deydi Skott Nison. – Bu juda katta mablag` emasligini ko`rib, vijdonim qiynaldi”. U mavjud mol-mulkini sotsa, 8 yil davomida 200 nafar bolani boqa olishi mumkinligini bildi.

Skott Nison maqsadi etim bolalarga g`amxo`rlik qilish bo`lgan Cambodia Children’s Fund tashkilotiga asos soldi. U Kambojada istiqomat qiladi. Shu yillar mobaynida Skott ikki mingdan ortiq kambag`al etim bolalarga ko`maklashdi.






