Moskva shahrining g`arbiy qismida joylashgan, odam gavjum bo`lgan “Slavyan bulvari” metro bekatida LiAz rusumli yo`nalish avtobusi YTHga uchradi va oqibatda 5 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Avtohalokat oqibatida 10-15 kishi tan jarohati oldi, ularning 3 nafari avtobus g`ildiraklari tagidan tortib olindi. Voqea joyiga uchta VK-117 rusumli tibbiy vertolyotlar etib kelib, og`ir tan jarohati olgan odamlarni kasalxonaga etkazdi. Mazkur avtobus Odinsovo transport kompaniyalaridan biriga tegishli bo`lgan. Haydovchi qo`lga olingan. Voqeaga oydinlik kiritilmoqda. Shahar hukumati jabrlanganlarga yordam ko`rsatmoqda.
Moskvada ertalab ko`tarilgan bo`ron natijasida avtomobil yo`llarida ko`rish darajasi yomon bo`lgan.






