AsosiyDunyo

ULKAN ALLIGATOR SAYYoHLAR O`TIRGAN QAYIQQA ChIQIB OLDI

'ULKAN ALLIGATOR SAYYoHLAR O`TIRGAN QAYIQQA ChIQIB OLDI'ning rasmi

Amerikaning Florida shtatida sayyohlar o`tirgan qayiqqa alligator chiqib oldi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Sayyohatchilar o`tirgan qayiq qirg`oqda yotgan alligatorni tomosha qilish uchun unga yaqinlashdi. Qayiq egasi yirtqichni videoga ola boshladi. U qayiqdagilarga “Qo`lingizni uzatib, uning elkasini silashingiz mumkin!” deya hazillashdi. Shu vaqt alligator kutilmaganda qayiq ichiga sakradi. Bundan vahimaga tushgan odamlar qayiqning boshqa tomoniga surilishdi. Yana qaytib suvga sakramoqchi bo`lgan alligator qayiq to`sinlari orasiga qisilib qoldi. Oradan bir necha daqiqa o`tgach, u “qopqon”dan qutulishga muvaffaq bo`lib, suvga sakradi.

    Boshqa yangiliklar