AsosiyDunyo

OSTONA ShAHRIDA BAYRAM ARChASI YoNDI (VIDEO)

'OSTONA ShAHRIDA BAYRAM ARChASI YoNDI (VIDEO)'ning rasmi

Qozog`istonning Ostona shahrida Yangi yil archasi yonib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nashrning xabar berishicha, 25 dekabr kuni tongda yong`in xavfsizlik bo`limiga shaharning Turon ko`chasiga o`rnatilgan bayram archasi yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar sun`iy archaning yonayotganligiga guvoh bo`lishdi. O`t o`chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in tezda o`chirildi. Ayni vaqtda yong`in sabablari o`rganilmoqda. Yong`indan hech kim jabrlanmadi. Yaqin kunlarda yonib ketgan archa o`rniga yangisini o`rnatish ko`zda tutildi.

Qozog`iston respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi fuqarolarni yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar