AsosiyDunyo

DOG`ISTON MUFTISINING RAFIQASI ROSSIYa PREZIDENTLIGIGA O`Z NOMZODINI QO`YIShNI REJALAShTIRDI

'DOG`ISTON MUFTISINING RAFIQASI ROSSIYa PREZIDENTLIGIGA O`Z NOMZODINI QO`YIShNI REJALAShTIRDI'ning rasmi

Dog`iston respublikasi muftisining rafiqasi va “Islom” jurnali bosh muharriri Ayna Gamzatova 2018 yilda bo`lib o`tadigan Rossiya prezidentligi saylovida o`z nomzodini qo`yishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Saylovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga 2018 yilning 5 yanvariga qadar topshirilishi belgilangan.

Ayna Gamzatova 46 yoshda bo`lib, Rossiyadagi yirik musulmon axborot xoldingiga rahbarlik qiladi, shu bilan birga Dog`iston muftisi Ahmad Abdullaevning hukumat organlari bilan aloqa qilish bo`yicha maslahatchisi hisoblanadi. Ayna Gamzatova huquqshunoslik va filologlik diplomlariga ega, Rossiya jurnalistlar ittifoqining a`zosi, yozuvchi hamda “Put” xayriya fondining ta`sischisidir.

    Boshqa yangiliklar