AQShning Texas shtatida polisiyachilardan biri tasodifan 6 yoshli bolani otib o`ldirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Polisiya xodimlari 30 yoshli ayol Amanda Jonsni qo`lga olish jarayonida u yashiringan, ichida 6 yoshli bola bo`lgan treylerga qarata o`q uzishdi. Zinapoyaga turib olgan Amanda Jons huquq-tartibot idorasi xodimlariga qarata o`t ochgan. Unga javoban polisiyachilar tomonidan uzilgan o`qlardan biri furgon davorini teshib o`tib, bolaga tekkan. Bola tez yordam xodimlari tomonidan kasalxonaga olib ketilayotganda yo`lda vafot etgan.
Mazkur otishmada ishtirok etgan polisiyachilar o`z xizmat vazifalaridan chetlashtirilgan, ularga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






